HUKMDOR USMON

online ko‘rish

Hukmdor Usmon turk seriali Bozdag Film tomonidan suratga olingan bo'lib, uning birinchi qismi 2019-yil 20-noyabrda namoyish etilgan, rejissyor Metin Gunay hamda Mehmet Bozdag tomonidan yozilgan. Tarixiy, jangovar, sarguzasht, fantastik va drama janridagi film.

190 BO'LIM TREYLER

Oldingi
Keyingi qism
Hükümdar Usmon
Kanal: Birinchi qism sanasi: Joy: Prodyuser: Musiqa muallifi: Telegram kanal:
atv 20.11.2019 Istanbul Mehmet Bozdag' Alpay Goltekin @usmon_hukmdor_uz

Hukmdor usmon

syujeti

Serial Usmoniylar imperiyasining asoschisi Usmon G'ozi hayoti haqida hikoya qiladi. U Ertug'rul G'ozining o'g'li bo‘lib, mo'g'ullar, Vizantiya imperiyasi va ichki dushmanlarga qarshi kurashib, Usmoniylar davlatiga asos solgan. Serialda siyosiy fitnalar, epik jang sahnalari va tarixiy voqealar aks etgan. Usmon G'ozi kuchli iymon va adolat bilan harakat qilib, buyuk imperiyaning ilk asoslarini qo'yadi.

Bosh qahramonlar

Usmon G'ozi - (Burak Ozchivit) - Serialning bosh qahramoni, Ertug'rul G'ozining o'g'li va Usmoniylar davlatining asoschisi. U adolatli, jasur va strategik fikrlovchi sarkarda. Usmon mo'g'ullar, Vizantiya va ichki xoinlarga qarshi kurashib, davlat asoslarini yaratadi.


Bala Xotun - (Ozge Torer) - Usmonning birinchi rafiqasi, ustozi Shayx Edebalining qizi. Aqlli, dono va vafodor, Usmonning eng katta tayanchi. U Kayi qabilasi ayollarini boshqaradi.


Malhun Xotun - (Yildiz Chag'ri Atiksoy) - Usmonning ikkinchi rafiqasi, Uyg'ur beyining qizi. Jasur jangchi va siyosiy masalalarda Usmonga yordam beradi. Usmoniylar sulolasining davomchisi bo'lgan Orxan G'ozining onasi.


Orhan G'ozi - (Emre Bey) - Usmon G‘oziyning o'g'li va Usmoniylar davlatining ikkinchi sultoni. U adolatli va dono hukmdor sifatida tanilgan. Otasidan keyin taxtga o'tirib, Usmoniylar davlatini kengaytirgan va uni yanada mustahkamlagan.


Alavuddin Ali - (Faruk Aran) - Usmon G'oziyning o'g'illaridan biri. U siyosiy va harbiy masalalarda oilasiga yordam bergan, lekin hukmdorlik da'vosi bo'lmagan. U adolat va islomiy ilmlarga e'tibor qaratgan.


Shayx Edebali - (Sedat Savtak / Tamer Yigit) - Islom olimi va Usmonning ustozi. Usmoniylar davlatining asosiy mafkurachilaridan biri. Uning dono maslahatlari Usmonning siyosiy yo'nalishiga ta'sir qiladi.


Boran Alp - (Yigit Uchan) - Usmonning eng sodiq jangchilaridan biri. Zo'r qilichboz va Kayi qabilasining asosiy himoyachilaridan biri.


Jerkutay - (Chag'ri Sensoy) - Ilgari mo'g'ul jangchisi bo'lib, keyinchalik Usmon G'ozi xizmatiga o'tgan. U jasur va sadoqatli jangchi sifatida tanilgan, serialda hazilkash va samimiy xarakteri bilan ham muxlislar e'tiborini tortgan.


>